Qizilqum davlat qo'riqxonasi

Qizilqum davlat qo'riqxonasi

Buxoro va Xorazm viloyatlarida Qizilqum davlat qo'riqxonasi joylashgan.

Qizilqum davlat qo'riqxonasi 1971- yili Qizilqum o'rmon xo'jaligi negizida qumli-to'qayzorlar ekologik tizimini, u yerda mavjud bo’lgan biologik xilma-xillikni saqlab qolish maqsadida tashkil etilgan bolib, uning yer maydoni 10311 gektardan iborat.

Qo'riqxona Amudaryoning o'ng qirg'og'i bo'ylab shimoliy - sharqdan, janubiy - sharq tomonga 30 km, sharqdan g'arbga qarab 3 km ga cho'zilgan bir-biriga zid to'qayli va cho'lli bolimlardan iborat. Havo harorati quruq va tez o'zgaruvchan, eng issiq davr may-avgust oyigacha davom etib, harorat Q41 - Q44 darajagacha ko'tariladi, qishda havo harorati -20 - -21 darajagacha tushadi. Yog'ingarchilikning asosiy qismi, ya'ni 85-87% qish va bahor oylariga to'g'ri kelib, qor qoplami qisqa fursat ichida erib ketadi.

Hudud o'rmon o'simliklari bilan qoplanishiga qarab Osiyo cho'lli zonasi tarkibiga kiradi. Amudaryo qo'riqxona hududini katta va kichik bo'lgan orollarga bo'lib tashalagan.

Qo'riqxona hududida 160 dan ortiq o'simlik turlari o'sadi, ulardan 2 turi O'zbekiston Respublikasi "Qizil kitob" iga kiritilgan. Bular O'zbekistonda kamyob endemigi hisoblangan Sug'd lolasi va Korolkov shirachidir.O'rmonzorlar tabiiy o'sadigan daraxt va butalardan iborat. Bu yerda turangil, qora tol, qora, oq saksovul, butali yulg'un, qandim va chingillarni uchratish mumkin,

Qo'riqxonaning katta qismini tabiiy o'tlar bilan qoplangan maydonlar tashkil etadi. Yerning suv va tuz tarkibi o'zgarishiga qarab mazkur o'simiiklar hududi bir-birini alamashtiradi. To'qayzorlardagi o'simliklar sho'rlanishi yuqoriligi va qurg’oqchilikka qarab moslashgandir. Uncha katta bo'lmagan hududda 11 tur manzarali, 29 tur shifobaxsh, 2 tur oshlovchi, 25 tur asal ajratuvchi, 39 tur yem-xashakbop, 4 tur oziq-ovqatbop, 3 tur texnik va 4 turdagi zaharli o'simliklar o'sadi. Qo'riqxona hayvonot olamiga juda boy, qiziqarli va xilma-xildir. So'ng hisob-kitoblarga ko'ra, qo'riqxona hududida 358 turdagi umurtqalilar oilasiga kiruvchi hayvonot olami mavjud bo'lib, shulardan 27 turdagi baliqlar, 29 turdagi amfibiyalar va sudralib yuruvchilar, 267 turdagi qushlar, 35 turdagi sut emizuvchilar borligi aniqlangan, Amudaryo bo'yida joylashganligi, tabiiy oziq-ovqat va yem-xashakning molligi buning asosiy sababidir. Qo'riqxonada ikki turdagi Amudaryo va Xiva qirg'ovullari istiqomat qiladi. Bu yerda Xalqaro va O'zbekiston Respublikasi "Qizil kitob"iga kiritilgan sut emizuvchilardan Buxoro bug’usi va jayron, qushlardan - pelikan, kichik karavayka, marrmay churrak, yo'rg'a tuvaloq, uzundumli suv burguti, baliqiardan - kichik amudaryo kurrakburuni, katta amudaryo kurrakburuni uchraydi.

Bulardan tashqari O'zbekiston Respublikasi "Qizil kitobi"ga kirgan kichik ko'k qarqara, qoshiq burun, oq va qora laylaklarni ham uchratish mumkin.Qizilqum davlat qo'riqxonasining manzili706420, Buxoro viloyati, Romitan tumani, Qizilrovot qo'rg'onchasi

Qizilqum davlat qo'riqxonasi Real sayohatlar

Audio va video

Qizilqum davlat qo'riqxonasi Google xaritada

Qizilqum davlat qo'riqxonasi xaritada